9-may – Xotira va qadrlash kuni arafasida Samarqandga ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.

📅 07.05.2026
9-may – Xotira va qadrlash kuni arafasida Samarqandga ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.

O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan Toshkent shahar birlashgan qo‘mitasi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “Kasaba sayr” sayyohlik tashkiloti bilan hamkorlikda 2026-yil may kuni “9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Samarqand shahriga ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.

Mazkur sayohatda tarmoqning a’zo tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan xodimlar hamda mehnat faxriylaridan iborat 50 nafar ishtirokchi qatnashdi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad bayram oldi sayohatchilarning mazmunli dam olishlarini tashkil etish, shuningdek ularda Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarimiz va tarixiy merosimizga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Sayohat davomida ishtirokchilar “Imom al-Buxoriy majmuasi” ziyoratgohiga tashrif buyurib, buyuk alloma hayoti va ilmiy merosi haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, “Islom Karimov maqbarasi” hamda “Shohi Zinda majmuasi” kabi tarixiy maskanlar, muqaddas qadamjolarda bo‘lib, yurtimizning boy tarixi va ma’naviy merosi bilan yaqindan tanishdilar.

Ayniqsa, Xotira va qadrlash kuni arafasida tashkil etilgan mazkur sayohat ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, faxriylarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi.

Tadbir ishtirokchilari o‘zlariga yaratilgan shart-sharoitlar va samimiy e’tibor uchun tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirdilar.

← Yangiliklarga qaytish