Shaffoflik sari yo‘l: kasaba uyushmalari tizimida ochiq muloqot

📅 25.06.2026
Shaffoflik sari yo‘l: kasaba uyushmalari tizimida ochiq muloqot

O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tashabbusi bilan tizimda ochiqlikni ta’minlash, amalga oshirilayotgan islohotlarni yoritish hamda agrar sohada joriy etilayotgan innovatsion yondashuvlarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida navbatdagi press-tur tashkil etildi.

Tadbir doirasida ishtirokchilar Kasaba uyushmalari muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Muzey ekspozitsiyalari orqali kasaba uyushmalari tizimining shakllanish tarixi, uning rivojlanish bosqichlari hamda mehnatkashlar manfaatlarini himoya qilishdagi institutsional o‘rni yuzasidan batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Shundan so‘ng “Yangi O‘zbekiston — yangi kasaba uyushmalari” g‘oyasi doirasida agrar sohani barqaror rivojlantirish, inson omili salohiyatidan samarali foydalanish hamda mehnat resurslarini to‘g‘ri yo‘naltirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Ushbu jarayonda tarmoq kasaba uyushmalari bilan hamkorlikni mustahkamlash, ijtimoiy muloqotni kengaytirish va sohada shaffoflikni oshirish masalalariga alohida urg‘u berildi.

Tadbir davomida uyushma raisi o’rinbosari Husan Begmatov tomonidan kasaba uyushmalari tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, mehnatkashlar huquqlarini himoya qilish mexanizmlari hamda agrar sohada ijtimoiy sheriklikni rivojlantirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Aytish mazkur tashabbuslar soha rivojida ochiqlik, shaffoflik va samaradorlikni ta’minlash, shuningdek, OAV bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

← Yangiliklarga qaytish