O‘zbekiston Agrosanoat majmuasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashida Toshkent shahar kengashi tomonidan KasabaKIAT platformasi bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi

📅 17.07.2026
O‘zbekiston Agrosanoat majmuasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashida Toshkent shahar kengashi tomonidan KasabaKIAT platformasi bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi

2026-yil 17-iyul kuni O‘zbekiston Agrosanoat majmuasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashida Toshkent shahar kengashi mutaxassislari tomonidan KasabaKIAT platformasi bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

Taqdimot davomida KasabaKIAT platformasining asosiy imkoniyatlari, kasaba uyushmalari faoliyatini raqamlashtirishdagi o‘rni, tizimga ma’lumotlarni kiritish va yangilash tartibi, elektron hujjatlar bilan ishlash, hisobotlarni shakllantirish hamda platformaning boshqa funksional imkoniyatlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, platformadan samarali foydalanish, ma’lumotlar bazasini to‘liq va sifatli yuritish, amaliyotda uchraydigan muammolarni bartaraf etish hamda tizimning yangi funksiyalaridan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

Taqdimot yakunida Respublika kengashi apparati xodimlari tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar batafsil javob berib, KasabaKIAT platformasidan samarali foydalanishga doir fikr va takliflar almashildi.

← Yangiliklarga qaytish