Yosh fermerlarning innovatsion g‘oyalari va tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda

📅 17.07.2026
Yosh fermerlarning innovatsion g‘oyalari va tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda

Joriy yilning 17-iyul sanasida Qarshi shahridagi Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida O‘zbekiston Agrosanoat majmuasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Qashqadaryo viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi hamda viloyat Fermerlar kengashi hamkorligida "Yosh fermerlarning innovatsion g‘oyalari va tashabbuslari" mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda yosh fermerlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, innovatsion g‘oyalarni amaliyotga joriy etish, qishloq xo‘jaligida resurs tejamkor texnologiyalardan samarali foydalanish hamda sohada tadbirkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ishtirokchilarga kasaba uyushmalarining mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish, munosib mehnat sharoitlarini yaratish hamda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Tadbir davomida yosh fermerlar o‘zlarining innovatsion g‘oya va tashabbuslarini taqdim etib, sohada uchrayotgan muammolar, ularni hal etish yo‘llari hamda istiqbolli loyihalar yuzasidan fikr va takliflarini bildirdilar. Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

Tadbir yakunida yosh fermerlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning innovatsion loyihalarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish hamda bunday uchrashuvlarni muntazam tashkil etish muhimligi alohida ta’kidlandi.

← Yangiliklarga qaytish