Telegram Facebook Email Instagram

Kasaba uyushmasiga qanday a'zo bo'lish mumkin?

Kasaba uyushmasiga a'zo bo'lish ixtiyoriydir.\n\nKasaba uyushmasi Ustavi talablarini tan oladigan va bajaradigan, aʼzolik badallarini muntazam toʻlab boradigan, 18 yoshga toʻlgan har bir fuqaro kasaba uyushmasi aʼzosi boʻlishi mumkin.\n\nAgar fuqaro 16 yoshga toʻlgan boʻlsa va ish beruvchi bilan mehnat munosabatlarida boʻlsa yoki oʻquv yurtida tahsil olayotgan boʻlsa, u ham kasaba uyushmasi aʼzoligiga kirishi mumkin.\n\nKasaba uyushmasiga aʼzolikka qabul qilish va undan chiqish fuqaroning shaxsiy arizasiga binoan kasaba uyushmasi guruhi, tsex yoki boshlang‘ich tashkiloti yig‘ilishida amalga oshiriladi.\n\nKasaba uyushmasiga qabul qilish va undan chiqish sanasi tegishli qaror qabul qilingan kundan hisoblanadi. Kasaba uyushmasiga qabul qilingan fuqaroga boshlangʻich tashkilotning kasaba uyushmasi qoʻmitasi (tashkilotchisi) tomonidan yagona namunadagi aʼzolik bileti beriladi.\n\nKasaba uyushmasi tashkiloti bo‘lmagan korxona, tashkilot, muassasa yoki boshqa ish joylarida xodimlar va o‘quvchilarni kasaba uyushmasiga a’zo qilish kasaba uyushmalarining tuman (shahar) kengashlari rayosatlari yoki birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitalari tomonidan amalga oshiriladi.\n\nBir kasaba uyushmasidan boshqasiga o‘tilganda yoki mehnat faoliyati vaqtincha yoki butunlay to‘xtatilgan holda, kasaba uyushmasi tashkiloti bilan aloqani uzmaslik va a’zolik badallarini to‘lab turish sharti bilan a’zolik saqlanib qoladi.

Biz Haqimizda:

Toshkent professional innovatsiyalar universiteti (TIPU)

Zamonaviy ta'lim muassasasi, ilm-fan, texnologiya va ijodkorlikni birlashtiradi

© 2025 Toshkent Iqtisodiyot va Pedagogika Universiteti. Barcha huquqlar himoyalangan.

Developed by: Sammy