Respublika kengashida Davlat madhiyasi jamoaviy ijro etildi
O‘zbekiston Agrosanoat majmuasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashida ish kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini jamoaviy ijro etish bilan boshlandi. Davlat madhiyasini birgalikda kuylash xodimlarda Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va yuksak mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlash, jamoada birdamlik va hamjihatlik muhitini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi. Respublika kengashida davlat ramzlariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat hamda yurt ravnaqi yo‘lida fidoyilik ruhini mustahkamlashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni muntazam tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Gallery