Ish kuni Davlat madhiyasi sadolari ostida boshlandi

📅 29.07.2026
Ish kuni Davlat madhiyasi sadolari ostida boshlandi

O‘zbekiston Agrosanoat majmuasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashida navbatdagi ish kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini jamoaviy ijro etish bilan boshlandi.

Davlat madhiyasini jamoa bo‘lib kuylash xodimlarda Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va yuksak mas’uliyat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, jamoada hamjihatlik, birdamlik va yurt ravnaqiga daxldorlik hissini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Respublika kengashida ish kunini Davlat madhiyasi bilan boshlash, davlat ramzlariga hurmatni ulug‘lash hamda yuksak vatanparvarlik ruhini mustahkamlashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.

← Back to news