Farg‘ona viloyatida yosh fermerlarni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan huquqiy seminar o‘tkazildi
O‘zbekiston Agrosanoat majmuasi xodimlari kasaba uyushmasi tizimida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida Farg‘ona viloyatida "Yosh fermerlarni qo‘llab-quvvatlash" mavzusida huquqiy seminar tashkil etildi.
Seminarda agrosanoat tarmog‘ida faoliyat yuritayotgan yosh ishchi-xodimlar, fermer xo‘jaliklarining yosh rahbarlari, kasaba uyushma faollari hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida ishtirokchilarga yer uchastkalaridan foydalanish huquqi, qishloq xo‘jaligi sohasidagi amaldagi qonunchilik talablari, imtiyozli kreditlar va davlat subsidiyalaridan foydalanish tartibi hamda yosh fermerlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning mavjud mexanizmlari yuzasidan batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, raqamli xizmatlardan samarali foydalanish, elektron davlat xizmatlari orqali murojaat qilish, kredit va subsidiyalarni rasmiylashtirish tartibi bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi.
Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar. Tadbir davomida yosh fermerlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligida innovatsion va raqamli texnologiyalarni keng joriy etish hamda davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
Галерея