Mehnat sohasida ijtimoiy sheriklik masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar o‘tkazildi

📅 28.07.2026
Mehnat sohasida ijtimoiy sheriklik masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar o‘tkazildi

O‘zbekiston Agrosanoat majmuasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan tarmoq kasaba uyushmasiga a’zo davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda ularning tizimidagi respublika tashkilotlari boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlari raislari ishtirokida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Malaka oshirish institutida sayyor amaliy seminar-yig‘ilishi tashkil etildi.

Seminarda "Mehnat sohasida ijtimoiy sheriklik asoslari" mavzusi doirasida ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiyalar faoliyatini tashkil etish, jamoa shartnomalari va kelishuvlarida nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish tartibi hamda mehnat qonunchiligi talablarini amaliyotga samarali tatbiq etish masalalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish yo‘nalishida ishlab chiqilgan uslubiy qo‘llanmalar taqdimoti o‘tkazilib, ishtirokchilarga ularni amaliyotda samarali qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan mutaxassislar bilan fikr almashdilar hamda mehnat sohasida ijtimoiy sheriklikni yanada rivojlantirish, boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan amaliy tavsiyalar oldilar.

← Вернуться к новостям