Respublika kengashida navbatdagi siyosiy-ma’rifiy o‘quv o‘tkazildi

📅 31.07.2026
Respublika kengashida navbatdagi siyosiy-ma’rifiy o‘quv o‘tkazildi

2026-yil 31-iyul kuni O‘zbekiston Agrosanoat majmuasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashida navbatdagi siyosiy-ma’rifiy o‘quv tashkil etildi.
O‘quv mashg‘uloti davomida ishtirokchilar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari hamda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda olib borilayotgan o‘zgarishlarning mazmun-mohiyati bilan tanishtirildi.
Shuningdek, o‘quv jarayonida mamlakatimiz va jahonda ro‘y berayotgan muhim siyosiy, iqtisodiy hamda ijtimoiy voqealar yuzasidan ma’lumotlar berildi. Tadbir ishtirokchilarining siyosiy-huquqiy savodxonligini oshirish, dunyoda kechayotgan jarayonlar yuzasidan xabardorligini mustahkamlash hamda yuksak fuqarolik mas’uliyatini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.

← Вернуться к новостям