Qashqadaryoda mehnat muhofazasi va sog‘lom ish muhitiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

📅 05.08.2026
Qashqadaryoda mehnat muhofazasi va sog‘lom ish muhitiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

O‘zbekiston Agrosanoat majmuasi xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan Qashqadaryo viloyatidagi tarmoq korxonalari o‘rtasida "Sog‘lom psixologik-ijtimoiy ish muhitini ta’minlaylik" mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi.
Seminarda Respublika kengashi mutaxassislari, viloyat kengashi vakillari, ish beruvchilar, kasaba uyushma faollari hamda tarmoq korxonalarida faoliyat yuritayotgan xodimlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida mehnat muhofazasi sohasidagi amaldagi qonunchilik, xususan, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori mazmun-mohiyati, mehnat sohasida xavfsiz va sog‘lom ish muhitini yaratish, ish joylarida baxtsiz hodisalarning oldini olish hamda xodimlar salomatligini muhofaza qilish masalalari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga mehnatni muhofaza qilish, yong‘in xavfsizligi, stressni boshqarish, shaxsiy himoya vositalaridan to‘g‘ri foydalanish va sog‘lom psixologik muhitni shakllantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Seminar yakunida mehnat muhofazasi sohasida namunali faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar ko‘rik-tanlov g‘oliblari diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Ta’kidlanganidek, bunday tadbirlar korxonalarda xavfsiz mehnat madaniyatini yuksaltirish, ijtimoiy sheriklikni mustahkamlash va xodimlarning mehnat huquqlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi.

← Вернуться к новостям