Faol tuman kengashlari raislari rag‘batlantirildi

📅 07.08.2026
Faol tuman kengashlari raislari rag‘batlantirildi

O‘zbekiston Agrosanoat majmuasi xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan Tarmoq kasaba uyushmasining X Qurultoyida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash, quyi bo‘g‘in tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish hamda ilg‘or tajribalarni keng ommalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu munosabat bilan, 2026-yilning birinchi yarim yilligida belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarib, yuqori natijalarga erishgan Mo‘ynoq, G‘uzor va Namangan tuman kengashlari raislari rag‘batlantirildi.

Ular O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan Qirg‘iziston Respublikasining Issiqko‘l viloyatida zamonaviy me’moriy yechimlar asosida bunyod etilgan “Bo‘ston Resort” sog‘lomlashtirish maskaniga bir haftalik yo‘llanmalar bilan taqdirlandilar.

Mazkur rag‘bat faol tuman kengashlari raislarini yanada samarali ishlashga undash, tizimda sog‘lom raqobat muhitini kuchaytirish hamda kelgusida yanada yuqori natijalarga erishishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

← Вернуться к новостям