Tarixiy muzeylarga ma’rifiy sayohat tashkil etildi
O‘zbekiston Agrosanoat majmuasi xodimlari kasaba uyushmasi tizimida raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilayotgan amaliy o‘quv-seminar doirasida ishtirokchilar uchun tarixiy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida ishtirokchilar O‘zbekiston tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurib, xalqimizning boy tarixi, milliy davlatchiligimiz taraqqiyoti, ajdodlarimizning bebaho madaniy va ma’naviy merosini aks ettiruvchi tarixiy eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, O‘zbekiston kasaba uyushmalari tarixi muzeyiga ham tashrif tashkil etildi. Unda kasaba uyushmalari harakatining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari, mehnatkashlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda tizimning tarixiy taraqqiyot yo‘li haqida ma’lumotlar berildi.
Mazkur sayohat seminar ishtirokchilarining tarixiy bilimlarini yanada boyitish, milliy qadriyatlarga hurmat va kasaba uyushmalari tarixiga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qildi
Галерея