Fermer xo‘jaliklarida ijtimoiy sheriklik o‘rganildi

📅 19.08.2026
Fermer xo‘jaliklarida ijtimoiy sheriklik o‘rganildi

Fermer xo‘jaliklarida ijtimoiy sheriklik o‘rganildi

O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi ishchi guruxining Zangiota tumaniga tashrifi tuman hokimi bilan uchrashuvdan boshlandi. Hokim kasaba uyushmasi faollarini samimiy kutib olib, tumanda ijtimoiy sheriklik va kasaba uyushmasi bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha o‘z takliflarini jumladan, fermer xo‘jaliklari kasaba uyushmasi a’zoligini hokimiyat tizimida yaratilgan elektron platforma orqali amalga oshirish taklifini ilgari surdi.

Shuningdek, tumanda 600 ga yaqin fermer xo‘jaligi uchun amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘zlab, kasaba uyushmasi bilan hamkorlikning ahamiyatini ta’kidladi va tuman kasaba uyushmasi faoliyatini ohirgi yilda ancha jonlangani xaqida olib borilayotgan ishlar xaqida gapirdi.

Uchrashuvdan so‘ng Respublika kengashi xodimlari tumanning turli yo‘nalishdagi fermer xo‘jaliklari faoliyati bilan bevosita tanishdilar:

•  Bog‘dorchilik (uzumchilik, olma) — «Afzal Xamdam Agro» va «Fayzullo Xoji» fermer xo‘jaliklari;

•  Sabzavotchilik — «Nodira Shuhrat Fayz» fermer xo‘jaligi;

•  Chorvachilik — «Inora Gren Agro Group» MCHJ;

•  Fermer xo‘jaliklarini birlashtiruvchi «Erkin» hududiy boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda boshqa fermer xo‘jaliklari.

Tarmo kasaba uyushmasi Respublika kengashi vakillari xodimlar bilan bevosita dalalarda va bog‘larda uchrashib, ularning ish sharoitlarini joyida o‘rgandilar. Ishchilarning mehnat va dam olish sharoitlari, mehnat muhofazasi holati hamda ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy ko‘mak bilan yaqindan tanishildi.

Har bir xo‘jalikda jamoa shartnomasining mazmun-mohiyati va uning xodimlar huquqlarini himoya qilishdagi ahamiyati batafsil tushuntirildi. Shuningdek, 1-JSH (har bir xodimga sarflangan jamoa shartnomasi mablag‘i) ko‘rsatkichini hisoblash metodologiyasi — xarajatlarni 73 ta pozitsiya bo‘yicha tasniflash, qonunda belgilangan majburiy to‘lovlar va kommunal to‘lovlarni hisobga kiritmaslik kabi jihatlar — o‘rgatildi. Ayrim xo‘jaliklarda ko‘rsatkich joyida hisoblab chiqildi.

O‘rganish chog‘ida qator fermer xo‘jaliklarida xodimlar manfaati uchun namunali tashabbuslar yo‘lga qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi. Ayrim xo‘jaliklarda xodimlar beg‘araz tushlik bilan ta’minlanmoqda, bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda va xodimlar xo‘jalik o‘zi yetishtirgan mahsulotlar bilan rag‘batlantirilmoqda. Bir xo‘jalikda xodimlar yiliga ikki marta dam olish maskanlari va ziyoratgohlarga yuborilayotgani, yana birida nogironligi bo‘lgan xodim ishga qabul qilinib, unga alohida e’tibor qaratilayotgani alohida ta’kidlandi.

Xodimlarga ko‘rsatilayotgan bunday ko‘makni hujjatli rasmiylashtirib, 1-JSH hisobiga kiritib borish tavsiya etildi.

← Вернуться к новостям