Qoraqalpog‘iston Respublikasida fermer xo‘jaliklarining 103 ta hududiy boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari raislari uchun o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

📅 07.05.2026
Qoraqalpog‘iston Respublikasida fermer xo‘jaliklarining 103 ta hududiy boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari raislari uchun o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 5-may kuni Amudaryo tumani hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-oktabrdagi uchrashuvida belgilangan vazifalar hamda “2026-yil – Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” Davlat dasturi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi fermer xo‘jaliklarining 103 ta hududiy boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari raislari uchun o‘quv seminari tashkil etildi. Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — ushbu tashkilotlar faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, tashkiliy-me’yoriy ishlarni to‘g‘ri tashkil etish hamda raislarga o‘z faoliyatlarini yuritishda amaliy ko‘mak berishdan iborat bo‘ldi.

← Yangiliklarga qaytish