O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi hamda O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi hamkorligida Baliqchi tumanida hududiy boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlari ishtirokida ko‘rgazmali o‘quv seminari o‘tkazilmoqda.

📅 08.05.2026

Seminar doirasida Chinobod massivi hududiy boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti faoliyati, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mehnat jamoalarida ijtimoiy himoya va huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar taqdim etilmoqda.

Tadbirda kasaba uyushmalari faoliyatini yanada takomillashtirish, tizimdagi ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda xodimlarning mehnat huquqlarini ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashilmoqda.

← Yangiliklarga qaytish