Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Malaka oshirish markazida Agrosanoat majmuasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashiga a’zo tashkilotlar kasaba uyushmalari hamda mehnatni muhofaza qilishga mas’ul xodimlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi
Unda tarmoq kasaba uyushmasiga a’zo Toshkent shahridagi vazirlik, idora va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan mehnat muhofazasi muhandislari, kasaba uyushmalari raislari hamda soha mutaxassislari ishtirok etib, mehnat xavfsizligi sohasidagi dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Seminar davomida yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, ish joylarida xavfsiz va munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar hamda kasb kasalliklarining oldini olish bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, tashkilotlarda mehnat muhofazasi bo‘yicha hujjatlarni yuritish, xodimlarni maxsus kiyim-bosh, shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash, mehnat sharoitlarini baholash va xavf omillarini barvaqt aniqlash bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar yuzasidan fikr va tajribalar almashildi.
Tadbirda mehnat muhofazasi — faqatgina qonun talabi emas, balki inson hayoti va salomatligini asrashga qaratilgan muhim ijtimoiy mas’uliyat ekani alohida ta’kidlandi.
Seminarning asosiy maqsadi — tarmoq tashkilotlarida mehnat muhofazasi madaniyatini yuksaltirish, mas’ul xodimlarning bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, shuningdek, sohadagi qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash orqali xavfsiz mehnat muhitini yanada takomillashtirishdan iborat.
Tadbir ishtirokchilari tomonidan mehnat muhofazasi sohasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, zamonaviy tajribalarni amaliyotga keng joriy etish hamda xodimlar manfaatlarini ishonchli himoya qilish Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim yo‘nalishlaridan biri ekani qayd etildi.
Galereya