O‘zbekiston Agrosanoat majmuasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Agrosanoat majmuasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Respublika kengashi tizimida 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarning bajarilish holati atroflicha muhokama etildi.
Ta’kidlanganidek, "Yangi O‘zbekiston – yangi kasaba uyushmalari" tamoyili asosida quyi bo‘g‘inlar faoliyatini yanada takomillashtirish, tizim samaradorligini oshirish hamda kasaba uyushmasi xodimlarining salohiyatini yuksaltirish borasida izchil ishlar olib borilmoqda. Joriy yilning o‘tgan davrida 3047 nafar kasaba uyushmasi rahbar va xodimlari o‘quv dasturlariga jalb etildi. Shuningdek, xodimlar mehnatini rag‘batlantirish, mehnatni muhofaza qilish hamda ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish yo‘nalishlarida qator amaliy ishlar amalga oshirildi.
Yig‘ilish davomida mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralari muhokama qilinib, joriy yilning ikkinchi yarmida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarning to‘liq bajarilishini ta’minlash, hududiy tashkilotlar faoliyati samaradorligini yanada oshirish, xodimlarning mehnat huquqlari va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini ishonchli himoya qilish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.
Galereya