Respublika kengashida navbatdagi “Rayosat soati” videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi

📅 23.07.2026
Respublika kengashida navbatdagi “Rayosat soati” videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi

O‘zbekiston Agrosanoat majmuasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashida videoselektor shaklida navbatdagi “Rayosat soati” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-iyuldagi “Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 396-son qarorining mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi. Unda mazkur qaror bilan oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash, davlat nazoratini takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etish borasida belgilangan ustuvor vazifalar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Agrosanoat majmuasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Ijroiya qo‘mitasining 2026-yil 15-iyuldagi 11-1-son qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi. Muhokamalar davomida belgilangan topshiriqlar ijrosi tahlil qilinib, ularni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha belgilangan vazifalarni samarali tashkil etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi boshqa dolzarb masalalar ham ko‘rib chiqilib, tizim faoliyati samaradorligini yanada oshirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.

← Yangiliklarga qaytish