Kitobxonlik tanlovi o‘tkazildi

📅 25.08.2026
Kitobxonlik tanlovi o‘tkazildi

O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan xodimlar o‘rtasida kitobxonlik tanlovi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35-yilligi munosabati bilan tashkil etilgan mazkur tanlov “MILLAT SHAVKATI” kitobi mutolaasiga bag‘ishlandi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tashabbuslari bilan jamiyatimizning barcha jabhalari hamda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, ulardagi jadal o‘sish sur’atlari xalqimiz hayotida va turmush farovonligida o‘zining samarasini ko‘rsatmoqda.

So‘nggi 10-yilda O‘zbekistonda erishilgan olamshumul natijalar bilan bir qatorda yaqin o‘tmishimizdagi voqelikning xolisona tahlili bayon etilgan “MILLAT SHAVKATI” kitobining nashr etilishi mamlakatimiz ma’naviy-ma’rifiy hayotidagi muhim voqealardan biri sifatida keng jamoatchilik tomonidan e’tirof etildi.

Tanlov ishtirokchilari dastlab kitobning mazmun-mohiyatiga oid test savollariga javob berdilar. Shundan so‘ng “MILLAT SHAVKATI” kitobi bo‘yicha ishtirokchilar o‘z taqdimotlarini namoyish etdilar.
Nufuzli hakamlar hay’ati tomonidan g‘oliblar aniqlandi.
1-, 2-, 3-o‘rinni egallagan ishtirokchilar Respublika Kengashi tomonidan munosib rag‘batlantirildi.

← Yangiliklarga qaytish