“Millat shavkati” — milliy g‘urur va ma’naviyat timsoli

📅 27.08.2026
“Millat shavkati” — milliy g‘urur va ma’naviyat timsoli

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutida O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqov qalamiga mansub “Millat shavkati” kitobi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni institut kasaba uyushmasi raisi Qutbiddin Imomqulov kirish so‘zi bilan ochib, bunday uchrashuvlar xodimlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi bosh mutaxassisi Zafar Kulmatov kitobda ilgari surilgan milliy o‘zlikni anglash, Vatanga muhabbat, tarixiy xotira va yurt taraqqiyotiga daxldorlik kabi g‘oyalar haqida ma’lumot berdi.

Uchrashuv davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, inson qadri, mehnatkashlar huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar kitobning ma’naviy ahamiyati haqida o‘z fikrlarini bildirib, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish va bunday ma’rifiy uchrashuvlarni muntazam o‘tkazish muhimligini ta’kidladilar.

← Yangiliklarga qaytish