Telegram Facebook Email Instagram

FAQ

Mehnat shartnomalari va ularga doir qo‘shimcha bitimlarni hisobga olish jurnalini yuritish qanchalik majburiy?\n\nQonunchilik uning ro‘yxatdan o‘tkazish raqamini shartnomaning (mehnat yoki fuqarolik-huquqiy) majburiy rekvizitlari sirasiga kiritmaydi. Mehnat kodeksining 73-moddasiga ko‘ra, mehnat shartnomasida tomonlarning kelishuvi bilan quyidagilar ko‘rsatiladi:\n- ish joyi (korxona yoki uning bo‘linmasi);\n- xodimning mehnat vazifasi — mutaxassisligi, malakasi, u ishlaydigan lavozim;\n- ishning boshlanish kuni;\n- mehnat shartnomasi muayyan muddatga tuzilganda uning amal qilish muddati;\n- mehnat haqi miqdori va mehnatning boshqa shartlari.\n\nUshbu ro‘yxatda va yozma shakldagi mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish bo‘yicha tavsiyalarda (VMning 1997 yil 11 martdagi 133-son qaroriga 1-ilova) ro‘yxatdan o‘tkazish raqami ko‘rsatilmagan. Shuning uchun qonun chiqaruvchi uchun u majburiy emas (masalan, shartnomani tuzish joyi va sanasidan farq qilib). Biroq mehnat shartnomasi (kontrakt)ning namunaviy shaklida (VMning 1997 yil 11 martdagi 133-son qaroriga 2-ilova) ro‘yxatdan o‘tkazish raqami ko‘rsatilgan.\n\nBiz kadrlarga oid hujjatlarni, shu jumladan mehnat shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazishni maslahat beramiz. Agar xodimlar soni ko‘p bo‘lsa, shuningdek, shaxsiy ishlar yuritilmasa va mehnat shartnomalari alohida saqlansa, ularni hisobga olish va ma’lumot ishlarida dastlabki hujjatlar sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish zarur.

Biz Haqimizda:

Toshkent professional innovatsiyalar universiteti (TIPU)

Zamonaviy ta'lim muassasasi, ilm-fan, texnologiya va ijodkorlikni birlashtiradi

© 2025 Toshkent Iqtisodiyot va Pedagogika Universiteti. Barcha huquqlar himoyalangan.

Developed by: Sammy